Новости

Последние новости

янв.21
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
CHIMBOY MFY HUDUDIDAGI 224-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA PREZIDENT FARMONI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
DO‘MBIROBOD MAHALLASIDAGI YO‘L VA INFRASTRUKTURA MUAMMOLARI DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, XDP a'zosi Ahmedov Shuhrat Murotovich tomonidan fuqarolar murojaatlari hamda hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish davomida Do‘mbirobod mahallasidagi qator ko‘chalarda yo‘l qoplamasi, ichimlik suvi tarmoqlari va quduq qoplamalari bilan bog‘liq muammolar aniqlanib, mas’ul tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.
📍 3-tor Dilxush ko‘chasida taxminan 100 metr kvadrat maydondagi yo‘l qismi asfalt qilinmay qolgan.
📍 2-tor Dilxush va 4-tor Do‘mbirobod ko‘chalari chorrahasida ichimlik suvi tarmog‘i ta’mirlanganidan so‘ng yo‘l beton bilan qoplangan bo‘lib, avtomobillar harakatiga noqulaylik tug‘dirmoqda.
📍 2-tor Gavhar ko‘chasida ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari tortilishi natijasida yo‘lni qayta ta’mirlash zarurati yuzaga kelgan.
Shuningdek, Dilxush ko‘chasi 75–113-uylar oralig‘idagi yo‘l, San’at ko‘chasi 42-uy oldidagi yo‘l qismi va Serquyosh ko‘chasining ayrim qismlarida asfaltlash hamda ta’mirlash bilan bog‘liq muammolar qayd etilgan. Serquyosh ko‘chasida transport harakatini yaxshilash maqsadida yo‘lni kengaytirish imkoniyatini ham o‘rganish so‘ralgan.
Alohida e’tibor talab qiladigan masalalardan biri — Serquyosh ko‘chasi, 11-ko‘p qavatli uy hududidagi usti to‘liq yopilmagan quduq. Deputat so‘rovida mazkur quduqqa tegishli lyuk o‘rnatish, yo‘l yo‘nalishini to‘g‘rilash va asfalt qoplamasini qayta tiklash masalalari ham ko‘tarilgan.
Deputat so‘rovi orqali aniqlangan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, yo‘l qoplamalarini tiklash, kommunikatsiya ishlari yakunlangach yo‘llarni qayta asfaltlash, quduqlarni xavfsiz holatga keltirish hamda ko‘rilgan choralar haqida belgilangan tartibda ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
Aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimini talab qilish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.