Новости

Последние новости

янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
65-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
2027-YIL UCHUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATINING HUQUQIY ASOSI: QONUNLARNI O‘RGANISH VA IJROSINI TA’MINLASH
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI TAHLIL QILINDI
янв.21
OLMAZOR TUMANIDA 2026–2027-YILLAR KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI
янв.21
OBODONLASHTIRISH SOHASIDA DEPUTATLIK NAZORATI: MUAMMOLAR ANIQLANIB, MAS’ULLARGA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: SPORT ZAL VA FUTBOL MAYDONI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Inson qadri ulug‘langan, taraqqiyot yangi bosqichga ko‘tarilgan tashrif

 Xalq deputatlari Shumanay tuman Kengashi 9-Mádeniyat saylov okrugi deputati sifatida mazkur tashrif tafsilotlarini chuqur hayajon va mas’uliyat bilan kuzatdim. E’tiborlisi, davlatimiz rahbari bu safargi tashrifini Qoraqalpog‘istonning fidoyi farzandi, atoqli davlat va jamoat arbobi Qallibek Kamalov xonadonini ziyorat qilishdan, uning xotirasiga hurmat bajo keltirishdan boshladi. Bu – keksa avlod vakillarining xotirasini e’zozlash, o‘tganlarning qadriga yetish xalqimizning eng oliy fazilati ekanini va yoshlarimiz uchun ulkan ibrat maktabini ko‘rsatdi. Yig‘ilishda qayd etilgan raqamlar va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar qog‘ozda emas, balki hayotda o‘z in’ikosini topmoqda. Xususan, hududimizda soliq yuki keskin kamaytirilib, foyda, yer va mol-mulk soliqlari ikki baravarga, sanoat korxonalari uchun elektr energiyasi tariflari 15 foizga tushirilib, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilangani – bu mahalliy tadbirkorlar va ishbilarmonlarga berilgan ulkan imkoniyatdir. Hududga millionlab investitsiyalar kirib kelayotgani, yirik
loyihalarning poydevori qo‘yilayotgani ertangi farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Ayniqsa, kasb-hunarga o‘qitish va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha boshlangan yangi tashabbuslar yoshlarimizning bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda. Deputat sifatida mening asosiy e’tiborim markazida — 9-Mádeniyat saylov okrugi hududidagi aholining yashash sharoitlari, ularni qiynayotgan kundalik muammolar va ijtimoiy masalalarni hal etish turibdi. Okrugimizdagi mahallalarni aylanib,
fuqarolar bilan o‘tkazilgan muloqotlar davomida ko‘tarilgan har bir haqli e’tiroz va takliflarni joyida o‘rganib, ularni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yubormoqdamiz. Bugun nafaqat yirik sanoat, balki har bir mahalla va xonadon kesimida kichik tadbirkorlik, hunarmandchilik va o‘z-o‘zini band qilish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh turgan yerlardan unumli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Tashrif davomida ma’naviy-ma’rifiy jabhalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Kelgusi yilda buyuk qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Berdaq G‘arg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini xalqaro miqyosda munosib nishonlash, uning boy ilmiy va ijodiy merosini chuqur o‘rganish, raqamlashtirishhamda yoshlarimiz qalbiga singdirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar milliy o‘zligimizni ulug‘lash yo‘lidagi ulkan qadam bo‘ldi. Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi barchamizdan yanada shijoat bilan ishlashni, xalq dardiga sherik bo‘lishni talab qiladi.
Hududimizda boshlangan har bir xayrli tashabbus va o‘zgarishlar qat’iy jamoatchilik nazorati ostida amalga oshirilishini ta’minlaymiz. Ishonchim komilki, birlashib, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsak, okrugimizda ham, butun respublikamizda ham turmush darajasi yanada yuksalib, ko‘zlangan ulkan marralarga albatta erishamiz.  

Xalq deputatlari Shumanay tuman Kengashi
deputati Q.Seytjanov