Новости

Последние новости

янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
65-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
2027-YIL UCHUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATINING HUQUQIY ASOSI: QONUNLARNI O‘RGANISH VA IJROSINI TA’MINLASH
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI TAHLIL QILINDI
янв.21
OLMAZOR TUMANIDA 2026–2027-YILLAR KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI
янв.21
OBODONLASHTIRISH SOHASIDA DEPUTATLIK NAZORATI: MUAMMOLAR ANIQLANIB, MAS’ULLARGA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: SPORT ZAL VA FUTBOL MAYDONI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha aniq va amaliy vazifalar belgilandi.

 Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy
infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha aniq va amaliy vazifalar belgilandi. Hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan ushbu tashrifi hududning bugungi va kelajakdagi taraqqiyoti uchun muhim qadam bo‘ldi. Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha aniq va amaliy vazifalar belgilandi. Ayniqsa, Nukus shahrida 50 ming aholiga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston” massivi — “Nukus city” loyihasining boshlangani Qoraqalpog‘istonning yangi qiyofasini yaratish yo‘lidagi katta tashabbusdir. Zamonaviy arxitektura, energiya tejamkor texnologiyalar, biznes va savdo markazlari, yashil hududlarning barpo etilishi shaharning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini yanada oshirishi kutilmoqda. Har bir tumanga mas’ul rahbarlarning biriktirilishi esa muammolarni joyiga chiqib, bevosita aholi bilan muloqot qilgan holda hal etishga xizmat qiladi. Mahallalar va markaziy ko‘chalarni obod qilish, tadbirkorlik uchun sharoit yaratish, yangi servis obyektlarini tashkil etish orqali aholining daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar xalq farovonligini ta’minlashga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir. Kasbiy ta’limga alohida e’tibor qaratilayotgani ham quvonarli. Texnikumlarda xalqaro ta’lim
dasturlarining joriy etilishi, yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish, asbob-uskunalar bilan ta’minlash va “Usta-shogird” an’anasini kengaytirish — yoshlarning o‘z kasbiga ega bo‘lib, munosib daromad topishi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, xususiy bog‘chalar tashkil etayotgan tadbirkorlarni imtiyozli kreditlar orqali qo‘llab-quvvatlash kabi tashabbuslar ham inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan izchil siyosatning amaliy ifodasidir. Eng muhimi, Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar faqat katta loyihalar bilan cheklanmay, har bir mahalla, har bir ko‘cha va har bir xonadon farovonligiga daxldor ekani bilan e’tiborlidir. Aholining o‘zi amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlariga baho berishi haqidagi taklif esa xalq fikri va roziligiga bo‘lgan e’tiborning yorqin ifodasidir. Ushbu tashrif Qoraqalpog‘iston taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab beradigan, xalqning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydigan muhim voqea sifatida tarixda qoladi. Belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilishi hududning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eng muhimi, Qoraqalpog‘iston xalqining farovon hayotini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu tashrif, shubhasiz, Qoraqalpog‘iston tarixida yangi sahifa ochdi.   

Xalq deputatlari Shumanay tumani Kengashi
deputati 

Farxad Murzamuratov