35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati Y.Jo‘rayev va kotibiyat mudiri N.Turdiyevlar tomonidan o‘ziga biriktirilgan tashkilot — Oqoltin tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tumandagi jami 37 008 gektar yer maydoni mavjudligi, shundan 13 500 gektariga paxta, 14 000 gektariga g‘alla ekilgani, shuningdek, tumanda 358 ta fermer xo‘jaligi faoliyat yuritayotgani aniqlandi. 2025-yilda paxtadan 61 667 tonna, g‘alladan 49 374 tonna hosil olingan.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligida suvdan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilayotgani, bugungi kunda 3 563,2 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgani aniqlandi. 2026-yilda ushbu ko‘rsatkichni 8 000 gektarga yetkazish rejalashtirilgan.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, suv tejovchi texnologiyalarni kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5