SHON-SHUHRAT MFY HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH VA SANITARIYA ISHLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi bayrami arafasida Olmazor tumanida hududlarni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib va qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
📌 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Sagdullayev tomonidan Shonshuxrat MFY, Yunusova ko‘chasidagi mavjud muammolar o‘rganilib, hududda to‘planib qolgan maishiy chiqindilarni olib chiqish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilindi.
📎 Mazkur murojaat asosida Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan yig‘ilgan maishiy chiqindilar “Maxsustrans” ICHB maxsus texnikalari orqali olib chiqib ketilmoqda.
🌳 Shuningdek, hududda obodonlashtirish ishlari doirasida daraxtlar oqartirilib, ko‘cha va atroflar tartibga keltirilmoqda. Hududning sanitariya holati yaxshilanib, Yunusova ko‘chasi yanada ko‘rkam, ozoda va fayzli qiyofaga keltirilmoqda.
✔️ Bunday amaliy ishlar mahalla hududining ekologik va sanitariya holatini yaxshilash, aholi uchun qulay muhit yaratish hamda Mustaqillik bayramini munosib kutib olishga xizmat qilmoqda.
🔎 Deputatlik nazorati doirasida hududlardagi mavjud muammolarni o‘rganish, aholi murojaatlarini manzilli ko‘rib chiqish va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish ishlari davom ettiriladi.
🌿 Obod mahalla — farovon hayot garovi!
🇺🇿 Yurtimiz obodligi — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!