35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
“XASITMOM” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA
янв.21
SHON-SHUHRAT MFY HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH VA SANITARIYA ISHLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI JAMOASI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
Mustaqillik bayrami arafasida hududlarda obodonlashtirish va tozalash ishlari kuchaytirilmoqda
янв.21
OLTINSOY MFY HUDUDIDA YO‘LLAR TA’MIRLANMOQDA
янв.21
«Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi Qonun haqida
янв.21
CHUSTIY MFY HUDUDIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI DEPUTAT ARALASHUVI NATIJASIDA JORIY TA’MIRLANDI
янв.21
Deputatlik so‘rovi asosida ichki yo‘llar ta’mirlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining navbatdagi 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“USTOZLAR MILLIY FORUMI” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
PF-223 ijrosi: Chilonzor tumanida belgilangan ko‘rsatkichlar orttirib bajarildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-223-son Farmoni asosida Chilonzor tumanida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
📊 2026-yilning 2-choragi yakunlari bo‘yicha Chilonzor tumanida PF-223-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi sarhisob qilindi.
Sarhisob davomida tumanda:
🔹 xizmatlar sohasi hajmi 26,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 125,3 foizga yetgani;
🔹 sanoat mahsulotlari hajmi 9,5 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 113,1 foiz bo‘lgani;
🔹 tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash doirasida 165 ta mikroloyiha amalga oshirilgani;
🔹 tadbirkorlik dasturlari doirasida 24,0 mlrd so‘mlik kreditlar ajratilgani;
🔹 “Champion” tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish bo‘yicha belgilangan 2 ta loyiha to‘liq bajarilgani;
🔹 aholi bandligini ta’minlash, yashirin ish o‘rinlarini legallashtirish va aholining daromadlarini oshirish bo‘yicha ham muayyan natijalarga erishilgani qayd etildi.
✅ Sessiyada Chilonzor tumanida PF-223-son Farmoni asosida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuqori baholanib, qator ko‘rsatkichlarning belgilangan rejaga nisbatan orttirib bajarilgani alohida e’tirof etildi.
Xususan, xizmatlar sohasida o‘sish sur’ati 125,3 foizni tashkil etgani tumanda iqtisodiy faollik izchil oshib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, sessiyada erishilgan natijalarni yanada mustahkamlash, kelgusida belgilangan vazifalarni sifatli va samarali amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Slide 1 of 1