📚 ONA TILIMIZ — MILLIY O‘ZLIGIMIZ TIMSOLI
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan Paxtakor tumanida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining deputati Z. Shodmonov hamda ekspert guruhi a’zosi I.Xoliqovham ishtirok etdilar.
Tadbir davomida iste’dodli yoshlar, san’atkorlar va ijodkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar hamda badiiy chiqishlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ijodiy chiqishlarda ona tilimizning jozibasi, boyligi va milliy qadriyatlarimizni ifodalashdagi beqiyos o‘rni tarannum etildi.
Tadbirda ona tili milliy o‘zligimiz, tarixiy xotiramiz, ma’naviyatimiz va g‘ururimiz timsoli ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, o‘zbek tilining nufuzini oshirish, uni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga sof holda yetkazish har birimizning burchimiz ekanligi qayd etildi.