Новости

Последние новости

янв.21
Парламентлериниң басшылары менен Қырғызстан Республикасы Президенти ушырасты
янв.21
ЮНИСЕФ пенен бирге ислесиў өз нәтийжесин бермекте
янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
Sessiyadan oldin o'rganish ishlari davom etmoqda

Sessiyadan oldin o'rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi R.Fozilova hamda doimiy komissiyaga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ulug'bekova tomonidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Chinoz tumani bo‘limi hamda Sarbozor va Xo'ja mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish uchun ajratilgan jamg‘arma mablag‘larining shakllanishi va sarflanishi holati o‘rganildi.

📊 2026-yilning 9 oylik yakunlariga ko‘ra, tumandagi 40 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hisobvaraqlariga jamg‘arma mablag‘lari hisobidan jami 1 milliard 553 million 211 ming 308 so‘m mablag‘ shakllangan.

💰 Hisobot davrida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha jami 1 milliard 180 million 775 ming 160 so‘m mablag‘ sarflangan.
Jumladan:
🔹 Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, ichki yo‘llar, yoritish va kommunal tarmoqlarni ta’mirlashga — 506,3 mln so‘m;
🔹 Mahalla binolari, sport maydonchalari, yoshlar markazlari va boshqa obyektlarni ta’mirlash hamda jihozlashga — 272 mln so‘m;
🔹 «Yashil makon» loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga — 100,3 mln so‘m;
🔹 Boshqa belgilangan xarajatlarga — 213,9 mln so‘m yo‘naltirilgan.
📌 2026-yil 1-oktabr holatiga jamg‘arma hisobvaraqlarida 372 million 436 ming 148 so‘m mablag‘ mavjud bo‘lib, qolgan mablag‘larni mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga yo‘naltirish rejalashtirilgan.

✍️ O‘rganish yakunida jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, mahallalardagi dolzarb muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda ajratilgan mablag‘lar sarfi ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🇺🇿 Mahallalar ravnaqi va aholi farovonligi yo‘lida mablag‘lardan oqilona foydalanish — muhim vazifa!

Slide 1 of 2