Новости

Последние новости

янв.21
Парламентлериниң басшылары менен Қырғызстан Республикасы Президенти ушырасты
янв.21
ЮНИСЕФ пенен бирге ислесиў өз нәтийжесин бермекте
янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
DEPUTAT JAMILA SHERMUHAMMEDOVA TALABA-QIZLAR BILAN UCHRASHDI

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTAT JAMILA SHERMUHAMMEDOVA TALABA-QIZLAR BILAN UCHRASHDI

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamila Shermuhammedova ishtirokida talaba-qizlarning dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda ularni ilm-fan va shaxsiy kamolot sari ruhlantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy seminar-trening tashkil etildi.

🔺 Mazkur uchrashuvda deputat Jamila Shermuhammedova o‘zining ko‘p yillik ilmiy, pedagogik va jamoatchilik faoliyati davomida orttirgan bilim hamda hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

💡 Uchrashuvning asosiy e’tibori talaba-qizlarning mustaqil fikrlashi, dunyoqarashini kengaytirish, kreativ yondashuv, yetakchilik qobiliyati, motivatsiya hamda ongli qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga qaratildi.

🌱 Muloqot davomida yoshlarning o‘z salohiyatini to‘g‘ri baholashi, oldiga aniq maqsadlar qo‘yishi, zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni egallashi, o‘z ustida muntazam ishlashi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi muhimligi ta’kidlandi.

👩‍💻 Ayniqsa, axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan talaba-qizlarning ilm-fan, innovatsiya, zamonaviy kasblar va tadbirkorlik yo‘nalishlarida o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi mamlakatning intellektual salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

🤝 Deputat Jamila Shermuhammedova yoshlar bilan yuzma-yuz muloqotning ahamiyatiga to‘xtalib, hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun nafaqat nazariy bilim, balki mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, mehnatsevarlik va mas’uliyat kabi fazilatlar ham zarurligiga e’tibor qaratdi.

♻️ Shuningdek, bugungi globallashuv va texnologik taraqqiyot sharoitida bilimli, keng dunyoqarashli, tashabbuskor va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan yoshlarni tarbiyalash ustuvor vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

🔎 Mazkur ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlari, xususan, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish, kasbiy yo‘nalishini belgilashga ko‘maklashish, yoshlar va xotin-qizlar bandligini qo‘llab-quvvatlash vazifalari bilan mazmunan uyg‘un bo‘ldi.

🗣 Seminar-trening talaba-qizlar uchun tajribali ustozning hayotiy qarashlari, ilmiy izlanishlari va kasbiy faoliyati bilan yaqindan tanishish, o‘z oldiga yangi maqsadlar qo‘yish hamda kelajakdagi faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashish borasida muhim muloqot maydoniga aylandi.

📝🗣 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamila Shermuhammedovaning talaba-qizlar bilan uchrashuvi yoshlarning bilim va tafakkurini yuksaltirish, ularda yetakchilik va tashabbuskorlik fazilatlarini shakllantirish hamda kelajak sari intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

📁 Zero, yoshlarning keng dunyoqarashi, puxta bilimi, qat’iyati va yuksak maqsadlari — jamiyat taraqqiyoti hamda kelajak muvaffaqiyatlarining mustahkam poydevoridir!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9