Новости

Последние новости

янв.21
ЮНИСЕФ пенен бирге ислесиў өз нәтийжесин бермекте
янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Deputatlar tomonidan Ibrat mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

#24_ta_tavsiyaviy_savol #deputatlik_nazorati_Uchtepa

Deputatlar tomonidan Ibrat mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "6-Xondamir" okrugi deputati Kamolitdin Azizov hamda "4-Qoryog‘di" saylov okrugi deputati Sanjar Djalolov tomonidan Ibrat mahallasida mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📁 O‘rganish davomida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy savolnomasi ijrosi yuzasidan biriktirilgan vazifalar, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar va ularning samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

📊 Xususan, mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, hokim yordamchisining aholini kambag‘allikdan chiqarish, oilalarning daromadlarini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan faoliyati o‘rganildi.

🗣 Bundan tashqari, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar samaradorligi hamda mas’ullarning 9 oylik hisobotlari deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi.

📝 O‘rganish jarayonida deputatlar fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarga ham alohida e’tibor qaratib, ularni mahalla yettiligi mas’ullariga yetkazdilar. Murojaatlarni o‘z vaqtida va ijobiy hal etish, aholi muammolariga yechim topish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

📈 Deputatlar tomonidan mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish va fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4