Новости

Последние новости

янв.21
Парламентлериниң басшылары менен Қырғызстан Республикасы Президенти ушырасты
янв.21
ЮНИСЕФ пенен бирге ислесиў өз нәтийжесин бермекте
янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
FOZILTEPA MAHALLASIDA YORITISH TIZIMI VA BOLALAR MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI

#24_ta_tavsiyaviy_savol

FOZILTEPA MAHALLASIDA YORITISH TIZIMI VA BOLALAR MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "15-Izza" saylov okrugi deputati Akbar Narziyev tomonidan Foziltepa mahallasida hududni tungi yoritish tizimi hamda bolalar maydonchasining holati o‘rganildi.

💼 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy savolnomasi asosida tashkil etilib, unda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abilov hamda ekspert guruhi a’zosi A.Giyasov ishtirok etdi.

📈 O‘rganish davomida mahalla aholisi tomonidan tungi yoritish chiroqlarining ishlashi va hududni yoritish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlarga e’tibor qaratildi. Mazkur murojaatlar asosida Tumannur korxonasiga tegishli murojaat yo‘naltirilib, uning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi. Shuningdek, bolalar maydonchasini yoritish masalasi ham ko‘rib chiqilib, ushbu muammo ijobiy hal etildi.

🧠 Amalga oshirilgan ishlar mahalla hududida xavfsiz va qulay muhit yaratish, ayniqsa, kechki vaqtlarda fuqarolar hamda bolalar uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan. Murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va muammolarning amaliy yechim topishi aholi kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, fuqarolarning kundalik hayotida qulaylik yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5