Новости

Последние новости

янв.21
ЮНИСЕФ пенен бирге ислесиў өз нәтийжесин бермекте
янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Ramatjonov tomonidan tumanning “Daxana” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim J.Nurmetovning aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash hamda “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar bilan manzilli ishlash bo‘yicha faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish jarayonida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash, ularning ijtimoiy holatini o‘rganish va mavjud muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, mahallada jami 47 ta oila ijtimoiy reyestrga kiritilgan bo‘lib, ushbu oilalar tarkibida 161 nafar oila a’zosi mavjud. Mazkur oilalarning ijtimoiy holati va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ular bilan manzilli ish olib borilmoqda.
Xususan, reyestrga kiritilgan oilalar orasida 6 ta oila davlat ta’minotida, 6 ta oila kambag‘al oila sifatida qayd etilgan. Shuningdek, kambag‘allik chegarasida bo‘lgan oilalar bilan ham alohida ish olib borilmoqda.
O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan oilalarning holatini muntazam kuzatib borish, ularning ehtiyojlarini aniqlash va mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga qaratilgan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

🔻Deputat tomonidan ijtimoiy reyestrga kiritilgan har bir oila bilan individual ishlash, ularning ijtimoiy holatidagi o‘zgarishlarni muntazam tahlil qilib borish, mavjud muammolarni erta aniqlash va zarur yordamlarni manzilli tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

🔻Shu bilan birga, kambag‘al oilalarni mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligi va daromad manbalarini oshirishga ko‘maklashish, kambag‘allik chegarasida turgan oilalar bilan esa profilaktik va manzilli ishlarni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1