Новости

Последние новости

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
INKLYUZIV TA’LIM UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #162_ta_eng_muhim_qonun #ekspert_guruhlari

INKLYUZIV TA’LIM UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 20-iyuldagi III-31-62-14-202-K/26-son qarori asosida tumandagi nogironligi bo‘lgan bolalarni ta’limga jalb qilish va ular uchun munosib sharoit yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida Xuroson mahallasida joylashgan 355-sonli ayrim fanlari chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

💼 Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva hamda ekspert guruhi a’zolari ishtirok etib, maktabda inklyuziv ta’lim yo‘nalishida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ularga ajratilgan xonalar hamda ta’lim jarayonining tashkil etilishi bilan bog‘liq masalalarni joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqdilar.

🗂 Shuningdek, o‘rganish jarayonida 2020-yil 15-oktabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-641-sonli Qonuni talablari asosida inklyuziv ta’limni tashkil etish, nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqlarini ta’minlash hamda ular uchun zarur sharoitlar yaratilganligi ijrosi deputatlik nazoratida o‘rganildi.

🧠 Inklyuziv ta’lim yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, o‘quvchilar bilan ishlash jarayoni, mavjud imkoniyatlar va ehtiyojlar yuzasidan fikrlar tinglandi. O‘rganish davomida Kengash qarorida belgilangan vazifalar ijrosi bilan bir qatorda, amaldagi qonunchilik talablari asosida ta’lim olish uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilganligi ham ko‘rib chiqildi.

📝 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, inklyuziv ta’lim talablariga rioya etilishi, nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun munosib sharoitlarni yanada takomillashtirish hamda qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari nazoratga olindi.

Slide 1 of 5