Новости

Последние новости

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

Parkent tumanida hududlarning sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish va olib chiqib ketish, aholi uchun toza va obod muhit yaratish masalalari deputatlar tomonidan jamoatchilik nazorati asosida o‘rganilmoqda.
🇺🇿 Shu maqsadda Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li tomonidan tumanda qattiq maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish va olib chiqib ketish jarayoni bevosita joyiga chiqib o‘rganildi.
🚛 O‘rganish davomida chiqindilarni yig‘ish, maxsus texnikalarga yuklash va belgilangan hududlardan olib chiqib ketish jarayonlari, xizmat ko‘rsatishning amaldagi holati hamda mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.
🟢 Tumanda chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish xizmatlarini “ZERO-WASTE” MChJ Parkent tumani filiali ko‘rsatib kelmoqda. Ayni paytda korxonada 100 nafarga yaqin xodim faoliyat yuritmoqda.
🚛 Korxona tasarrufida 17 ta maxsus chiqindi tashuvchi texnika, 224 ta chiqindi konteyneri hamda 3 ta chiqindi yig‘ish shoxobchasi mavjud.
🟢 Maxsus transport vositalarining barchasiga masofadan turib onlayn nazorat qilish imkonini beruvchi GPS qurilmalari o‘rnatilgan. Ushbu tizim orqali texnikalarning harakatlanishi kuzatilib, chiqindilarni belgilangan reja-grafik asosida olib chiqish jarayoni nazorat qilinmoqda.
🟢 Ma’lum qilinishicha, bir sutkada tuman hududidan o‘rtacha 240 kub metr qattiq maishiy chiqindi olib chiqib ketilmoqda. Tumandagi 53 ta mahalladan chiqindilar tasdiqlangan reja-grafik asosida “Signal” usulida muntazam ravishda olib chiqib ketilmoqda.
🟢 O‘rganish davomida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, konteynerlarning sanitariya holati, maxsus texnikalarning xizmatga shayligi hamda aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🟢 Shuningdek, tuman hududidagi abonentlarga sanitariya xizmati ko‘rsatish bo‘yicha majburiy to‘lovlarni hisoblash va hisobini yuritish ishlari yagona elektron “TOZA MAKON” billing tizimi orqali amalga oshirilayotgani o‘rganildi.
‼️ Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2026-yil 24-martdagi VII-30-33-10-0-K/26-sonli qaroriga asosan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun aholi uchun bir kishiga bir oyga 10 864 so‘m, yuridik shaxslar uchun esa bir kub metrga 97 316,80 so‘m miqdorida yagona tarif belgilangan.
🌿 Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — nafaqat hududlarning tozaligi, balki aholining sanitariya osoyishtaligi, ekologik muhit va tuman obodonchiligining muhim omilidir.
➡️ Joyiga chiqib o‘tkazilgan o‘rganish davomida mavjud imkoniyatlar, xizmat ko‘rsatish jarayoni va nazorat mexanizmlari tahlil qilinib, chiqindilarni belgilangan grafik asosida o‘z vaqtida olib chiqish, konteynerlar holatini nazorat qilish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yanada oshirishga e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.
♻️ Toza hudud — sog‘lom muhit!
🌳 Obod Parkent — barchamizning umumiy maqsadimiz!

Slide 1 of 5