Новости

Последние новости

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ TUMAN KENGASHINING 2026-YIL 21-25 SENTABR KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN ISH REJASI

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ TUMAN KENGASHINING 2026-YIL 21-25 SENTABR KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN ISH REJASI

21-Sentabr, dushanba

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish. Deputatlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan tashkilotlar faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirish.

22-Sentabr, seshanba

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini manzilli o‘rganish va samarali deputatlik nazoratini amalga oshirish.

23-Sentabr, chorshanba

Deputatlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan tashkilotlar faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirish hamda aniqlangan muammolar bo‘yicha deputatlik so‘rovlarini tayyorlash va kiritish.

24-Sentabr, payshanba

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi faoliyatini tashkil etish, KQ-35-V-sonli qarori asosida deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan hamkorlik faoliyatiga ko‘maklashish, amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarni o‘rganish hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish. 

25-Sentabr, juma

Hafta davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan deputatlar va mas’ullar tomonidan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni umumlashtirish va tahlil qilish. Ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan materiallarni tahlil qilish, samaradorligini baholash hamda kelgusida yoritilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilash. Keyingi haftaga mo‘ljallangan ish rejasini shakllantirish, ustuvor vazifalarni belgilash hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlarni berish.
Mas’ullar:
A. Avliyakulov, K. Abdullayeva, T. Murodov