Новости

Последние новости

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari shahar Kengashi huzridagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!

O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-yanvardagi O‘RQ-668-sonli Qonuni ijrosini Shirin shahar musiqa va san’at maktabida o‘rganish natijalari ko‘rib chiqildi.
O‘rganish davomida maktabda ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha tegishli hujjatlar yuritilayotgani, o‘quvchilar bilan tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida mashg‘ulotlar olib borilayotgani hamda darslarning davomati nazorat qilinayotgani aniqlandi. Maktab o‘quvchilarining turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik-tanlov va festivallarda ishtirok etishiga sharoit yaratilgan. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha pedagoglar tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, o‘rganish davomida maktab faoliyatida bartaraf etilishi lozim bo‘lgan qator kamchiliklar ham aniqlandi.
Bino va xonalar holati
Maktab binosining ayrim qismlarida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurati mavjud. Xususan, ayrim o‘quv xonalarining devor va shift qoplamalarida ta’mirtalab holatlar kuzatiladi. Ayrim eshik-romlarning texnik holatini yaxshilash, xonalarni joriy ta’mirlash hamda bino ichki qismlarini yangilashga ehtiyoj mavjud.
Binoning ayrim qismlarida foydalanish jarayonida eskirish belgilari mavjudligi sababli ularni bosqichma-bosqich ta’mirlash va foydalanish xavfsizligini ta’minlash zarur.
Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida isitish tizimi, elektr tarmoqlari va boshqa muhandislik-kommunikatsiya tizimlarining texnik holatini to‘liq ko‘rikdan o‘tkazish, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish lozim.
Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha
O‘rganish jarayonida yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Maktabda yong‘in xavfsizligi vositalarining mavjudligi va yaroqlilik holatini muntazam nazorat qilish, evakuatsiya yo‘laklari va chiqish joylarini doimo ochiq hamda to‘sqinliksiz saqlash zarurligi qayd etildi.
Yong‘in o‘chirish vositalarining belgilangan joylarda joylashtirilishi, ularning yaroqlilik muddati va texnik holatini nazorat qilish, elektr tarmoqlarining ortiqcha yuklanishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda elektr jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilishi lozim.
Shuningdek, xodimlar va o‘quvchilar o‘rtasida yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish, evakuatsiya tartibi hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha amaliy tushuntirish va o‘quv mashg‘ulotlarini muntazam tashkil etish zarur.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha
Maktab xodimlari uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ish joylarida mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishini ta’minlash muhim vazifalardan hisoblanadi.
O‘rganish davomida mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni muntazam o‘tkazish, tegishli jurnallarni belgilangan tartibda yuritish, xodimlarni xavfsiz mehnat sharoitlari bilan ta’minlash hamda musiqa asboblari, elektr jihozlari va boshqa uskunalardan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etilishini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Ayniqsa, musiqa asboblari va elektr jihozlaridan foydalaniladigan xonalarda elektr xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishi doimiy nazoratga olinishi lozim.
Moddiy-texnik baza va musiqa asboblari
Maktabda o‘quv jarayonini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan musiqa asboblari va jihozlardan foydalanilmoqda. Mavjud moddiy boyliklarni hisobga olish, saqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul shaxslar biriktirilgan.
Shu bilan birga, ayrim musiqa asboblari va jihozlarning ma’naviy hamda jismoniy eskirganligi sababli ularni bosqichma-bosqich yangilash, soz holatga keltirish va inventarizatsiya ishlarini muntazam olib borish maqsadga muvofiq deb topildi.

Slide 1 of 2