Новости

Последние новости

янв.21
Парламентлериниң басшылары менен Қырғызстан Республикасы Президенти ушырасты
янв.21
ЮНИСЕФ пенен бирге ислесиў өз нәтийжесин бермекте
янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2026-yil 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev va kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan tumanning “Bog‘iston” mahallasida “Kambag‘allik reyestri”ga kiritilgan oilalar bilan olib borilayotgan tizimli ishlar mahalla raisi Sh.Nishonov, hokim yordamchisi S.Ashrapov, ijtimoiy xodim Sh.Raimnazarova ishtirokida muhokama qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda mahallada 8 ta oila “Kambag‘allik reyestri”ga kiritilgan. Ushbu oilalarning har biri bo‘yicha mavjud muammolarni aniqlash va ularni kambag‘allik holatidan chiqarishga qaratilgan manzilli ishlar tashkil etilgan. Jumladan, 1 ta oilaning muammosi hal etilgan bo‘lib, ushbu oila reyestrdan chiqarilish arafasida. Shuningdek, 4 ta oila davlat ta’minotida bo‘lib, ularga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda. Qolgan 3 ta oila bilan kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔻Muhokama jarayonida har bir oilaning holatidan kelib chiqqan holda individual ishlash, mavjud muammolarni aniq belgilash va ularni bosqichma-bosqich hal etish muhimligi ta’kidlandi. Ayniqsa, kambag‘allikdan chiqarish jarayonida oilalarning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga qaratilgan amaliy choralarni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

🔻Shuningdek, mahalla raisi, hokim yordamchisi va ijtimoiy xodimning o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish, reyestrga kiritilgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlarni muntazam tahlil qilib borish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3