Fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga amaliy yechim topish maqsadida “Aydın jol” MFY binosida sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi hamda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sdikov Islambek Muratbayevich ishtirok etdi.
📝 Qabul davomida fuqarolarning murojaat va takliflari atroflicha ko‘rib chiqildi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi.
📌 Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilot va idoralarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijro muddatlari belgilandi.
Aholi bilan ochiq muloqot — muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashning muhim vositasidir.