Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna “Do‘stlik” MFY hududidagi ko‘chalarni asfaltlash bo‘yicha boshlanayotgan ishlarning borishini nazorat qildi.
Mazkur ishlar Islom taraqqiyot banki hamda OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokidagi loyiha doirasida amalga oshirilmoqda.
Deputat tomonidan ishlarning belgilangan tartibda va sifatli tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.