35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida deputatlik so‘rovlariga javob berish holati hamda qurilish va kommunal infratuzilma sohasiga oid so‘rovlarning ijrosi muhokama qilindi.

🔺 Yig‘ilishda Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi kotibiyat mudiri A.Qurbonov, doimiy komissiya raisi P.Jalilov, komissiya a’zolari, tuman Kengashi deputatlari hamda tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a'zosi A.Parpiyeva va Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Nurullayeva ishtirok etdi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya raisi P.Jalilov tomonidan qurilish sohasi bo‘yicha mas’ul tuman elektr tarmoqlari korxonasi nomiga yo‘llangan deputatlik so‘rovlarining ijro holati yuzasidan tayyorlangan tahliliy nutq o‘qib eshittirildi.
📊 Tahlil natijalariga ko‘ra, 2026-yil I yarim yilligida deputatlar tomonidan jami 80 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan. Shundan 78 tasi bo‘yicha javob hujjatlari qayd etilgan, 2 tasi bo‘yicha esa javob hujjati ko'rib chiqish jaroyonida.
⚠️ Javoblar tahlili davomida ayrim so‘rovlarga belgilangan muddatdan kech javob berilgani, so‘rov mazmuniga to‘liq mos kelmaydigan yoki umumiy mazmundagi javoblar berilgani, shuningdek, ayrim hollarda aniq ijro muddati va amalga oshiriladigan ishlar ko‘rsatilmagani aniqlandi.

Xususan, ayrim javoblarda deputat tomonidan ko‘tarilgan aniq masalalar o‘rniga “Davlat dasturlariga kiritiladi”, “kelgusida ko‘rib chiqiladi” kabi umumiy iboralar bilan cheklanilgan. Ayrim so‘rovlarda 70 dona elektr ustuni, 3 ta transformator, 7 ta xonadonni suv tarmog‘iga ulash kabi aniq masalalar ko‘tarilgan bo‘lsa-da, javoblarda ularning ijrosi bo‘yicha aniq muddatlar ko‘rsatilmagan.

📌 Muhokama davomida deputatlik so‘rovlariga javob berishda faqat umumiy ma’lumotlar bilan cheklanib qolmasdan, har bir ko‘tarilgan muammo yuzasidan aniq chora-tadbir, ijro muddati, mas’ul tashkilot va bajariladigan ish hajmi ko‘rsatilishi zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, deputatlik so‘rovlarining ijrosini muntazam nazorat qilish, belgilangan muddatlarda mazmunli va asoslantirilgan javoblar taqdim etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli talablar bildirildi.
Slide 1 of 3