Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 33-sessiyasida tumanda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, ta’lim olishi, kasbiy ko‘nikmalarni egallashi, erta turmush va ajrimlarning oldini olish hamda ularni tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan masala ko‘rib chiqildi.
Sessiyada tuman hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Shoira Abduxamidovna Qarshiboyevaning mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan hisoboti tinglandi.
Sessiya davomida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda oilaviy muammolarning oldini olish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.