35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
Yashil hududlar deputatlar va ekopolitsiya nazoratida: "Alpomish" mahallasida o‘rganish o‘tkazildi



Aholi yashash joylarida ekologik barqarorlikni ta’minlash, "Yashil makon" loyihasi doirasida barpo etilgan ko‘kalamzorlarni asrab-avaylash hamda obodonlashtirish ishlarini qonun doirasida tashkil etish — xalq vakillari hamda mas’ul idoralarning doimiy diqqat-markazida!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov hamda Termiz shahar Ekopolitsiya bo‘limi boshlig‘i S.Qurbonovlar hamkorlikda “Alpomish” mahallasi hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va qurilish-montaj ishlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazdilar.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov hamda Termiz shahar Ekopolitsiya bo‘limi boshlig‘i S.Qurbonovlar hamkorlikda “Alpomish” mahallasi hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va qurilish-montaj ishlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazdilar.

O‘rganishlar davomida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkor tomonidan yer ostidan elektr kabellarini o‘tkazish ishlari olib borilayotganligi kuzatildi.

Ko‘rilgan choralar:

Mas’ullar tomonidan tadbirkorga yer osti kommunikatsiya ishlarini olib borishda yashil hududlar, manzarali daraxtlar va maysazorlarga zarar yetkazmaslik bo‘yicha tushuntirishlar berildi;

Qazish ishlari davomida ziyon yetgan yoki tartibsiz holatga kelgan yer maydonlarini zudlik bilan o‘z holatiga qaytarish va obodonlashtirish yuzasidan qat’iy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Muloqot chog‘ida deputat A.Ashurov va Ekopolitsiya bo‘limi boshlig‘i S.Qurbonov tadbirkorlar va pudratchi tashkilotlarga murojaat qilib, shunday ta’kidladilar:

"Har bir infratuzilma loyihasi va tadbirkorlik faoliyati atrof-muhit hamda yashil hududlar daxlsizligini saqlagan holda amalga oshirilishi shart. Shahrimiz obodligi va ekologik tozaligi barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir."

"Alpomish" mahallasida kabellarni o‘tkazish ishlari yakunlangach, hududning dastlabki obod holatga keltirilishi va yashil maydonlarning saqlanishi deputatlik hamda Ekopolitsiya nazoratida bo‘ladi.

Atrof-muhitni asrash va obodlik — farovon hayot garovidir!

Slide 1 of 2