35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
Madaniyat va ma’rifat markazining ijodiy xonasi faoliyati o‘rganildi

Madaniyat va ma’rifat markazining ijodiy xonasi faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida xalq deputatlari
Navoiy shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududdagi ijtimoiy-madaniy soha obyektlari faoliyati o‘rganilib, deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Fayziyeva Feruza Mardonovna hamda Kengash kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan Madaniyat va ma’rifat markazining ijodiy faoliyat olib borilayotgan xonasi o‘rganildi.

O‘rganish davomida markazda tashkil etilgan ijodiy muhit, tasviriy san’at va dizayn yo‘nalishidagi ishlar, yosh ijodkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda milliy va zamonaviy san’at namunalarini aks ettiruvchi loyihalar bilan tanishildi.

Mazkur xonada joylashtirilgan ijodiy ishlar orqali milliy liboslar, sahna ko‘rinishlari, dizayn namunalari va estetik qadriyatlarni targ‘ib qilishga qaratilgan faoliyat olib borilayotgani qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda milliy madaniy merosimizni keng targ‘ib qilish muhim vazifalardan biridir.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Madaniyat to‘g‘risida”gi Qonuni (2021-yil 20-yanvardagi O‘RQ-668-son) hamda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari asosida amalga oshirilmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha ijodiy xonalar faoliyatini yanada rivojlantirish, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ko‘rgazmali ishlar va madaniy-ma’rifiy loyihalar ko‘lamini kengaytirish yuzasidan tavsiya va takliflar bildirildi.

📌 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan olib borilayotgan bunday o‘rganishlar madaniyat va san’at sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirish, ijodkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish hamda aholi ma’naviy ehtiyojlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3