Новости

Последние новости

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
#biriktirilgan_tashkilot #biriktirilgan_qonun

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 24-Charog‘on saylov okrugi deputati, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zosi N.Xasanova hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan deputatga biriktirilgan tashkilot — Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Marg‘ilon shahar filialida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi holati ko‘rib chiqildi.

Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 9-aprelda qabul qilingan, Senat tomonidan 2024-yil 21-iyunda ma’qullangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

O‘rganish jarayonida Qonunning 1-moddasida belgilangan qo‘llanish sohasi, jumladan, 2018-yil 1-mayga qadar egallangan yer uchastkalari, ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish masalalari hamda 2-moddasida keltirilgan asosiy tushunchalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, Qonunning 3-moddasi talablariga muvofiq, mazkur toifadagi yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqi, ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish tartibi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Marg‘ilon shahar filiali boshlig‘i A.Ibragimov tomonidan qonun ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, aholiga huquqiy tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish masalalari nazoratga olindi.

Slide 1 of 5