35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
#doimiy_komissiya

Ayni daqiqalarda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi davom etmoqda.

Hisobotda "Yashil makon" umumilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, ekologik nazorat tadbirlari hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish borasida olib borilgan targ‘ibot ishlari haqida ma'lumot berildi. Jumladan, ta'lim muassasalari, mahallalar va korxona-tashkilotlarda davra suhbatlari, tushuntirish ishlari hamda turli targ‘ibot tadbirlari tashkil etilgani qayd etildi.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan hisobot yuzasidan qator savol va takliflar bildirildi. Xususan, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A. Ermatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi "Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan "Toza havo" umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-46-son Farmoni ijrosiga alohida to‘xtaldi.

Deputat mazkur Farmonga muvofiq 2026-yil 1-maydan boshlab har oyning 10 va 25-sanalarida "Avtomobilsiz kun" aksiyalarini o‘tkazish belgilanganini eslatib, ushbu tashabbusning Marg‘ilon shahridagi ijrosi amalda yetarli darajada ko‘zga tashlanmayotganini ta'kidladi. Shu munosabat bilan mas'ul tashkilotlar tomonidan Farmon talablarini to‘liq va samarali amalga oshirish, "Avtomobilsiz kun" aksiyalarini tizimli tashkil etish hamda bu boradagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi.

Slide 1 of 1