Новости

Последние новости

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA YARATILAYOTGAN ISH O‘RINLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiyalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A. Mahkamov hamda Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi M. Raimdjanov tomonidan Marg‘ilon shahrida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ajratilgan moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shu munosabat bilan yakka tartibdagi tadbirkor Karimov Abdulxamid Raimdjanovich faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Tadbirkor salqin ichimliklar ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, loyihani amalga oshirish uchun 25 million so‘m kredit mablag‘i olgan. Bundan tashqari, o‘zining 25 million so‘mlik mablag‘ini ham loyiha rivojiga yo‘naltirgan.

Amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida korxonada 5 ta yangi ish o‘rni yaratilib, aholi bandligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shilmoqda.

Deputatlar tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirishga qaratilgan ishlarning amaliy natijalari baholandi. Bu kabi manzilli nazorat tadbirlari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va davlat dasturlarining samarali ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6