35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
TUMAN ISHCHI GURUHI TARKIBINI TASDIQLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya va sanoat bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi .

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya va sanoat bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 15-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1153-son Qonuni talablaridan kelib chiqadigan vazifalar muhokama qilindi.

Mazkur Qonun ijrosini ta’minlash doirasida Chilonzor tumani hududida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini, shuningdek, ularda qurilgan bino va inshootlarni aniqlash ishlarini tizimli tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Shu maqsadda Chilonzor tuman hokimligi, tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish majmuasi, Davlat kadastrlar palatasining Chilonzor tuman filiali vakillari, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislaridan iborat jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi tuman ishchi guruhini tashkil etish hamda uning tarkibini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida ishchi guruh faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, hududlarda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda barpo etilgan bino va inshootlarni qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlash, o‘rganish natijalarini tegishli tartibda rasmiylashtirish hamda mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni qonuniylik, xolislik va ochiqlik tamoyillari asosida tashkil etish, har bir holatni amaldagi qonunchilik talablari doirasida ko‘rib chiqish muhimligi ta’kidlandi.

Muhokama yakunida Chilonzor tumanida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan bino va inshootlarni aniqlash ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman ishchi guruhi tarkibini tasdiqlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1