Новости

Последние новости

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI OLDIDAN NAVOIY SHAHRIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILMOQDA

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI OLDIDAN NAVOIY SHAHRIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILMOQDA


O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Navoiy shahrida keng ko‘lamli obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlarning borishi ustidan deputatlik nazoratini olib borish maqsadida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ergashev Dilmurod Bekmuradovich Alisher Navoiy nomidagi Markaziy madaniyat va istirohat bog‘ida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida bog‘ hududida daraxt va manzarali butalarni parvarishlash, sug‘orish tizimini yaxshilash, gulzorlarni tartibga keltirish, piyodalar yo‘laklari hamda dam olish maskanlarini obodonlashtirish, sanitariya-tozalash ishlari va mavjud infratuzilma obyektlarini ta’mirlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda bajarilayotgan bunyodkorlik tadbirlarining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganishlar davomida mas’ul tashkilotlar vakillari bilan hududni yanada obod qilish, yashil maydonlarni kengaytirish, sug‘orish tizimining samaradorligini oshirish hamda bog‘ning sanitariya holatini doimiy nazoratda saqlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, istirohat bog‘iga tashrif buyuruvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, hududning estetik ko‘rinishini yanada yaxshilash hamda amalga oshirilayotgan ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Ta’kidlash joizki, Mustaqillik bayrami arafasida Navoiy shahrining barcha hududlarida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-tozalash va bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda. Bu kabi tadbirlar shahar infratuzilmasini yanada rivojlantirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholiga qulay va zamonaviy sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5