Новости

Последние новости

янв.21
ЮНИСЕФ пенен бирге ислесиў өз нәтийжесин бермекте
янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish masalasi doimiy komissiyada muhokama qilindi

Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish masalasi doimiy komissiyada muhokama qilindi

Hisobotda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-yanvardagi PF–17-son Farmoni asosida hududlarda infratuzilma va ijtimoiy sohadagi dolzarb muammolarni bartaraf etishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz tumani bo‘yicha 2026-yilda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, jami 973 million 600 ming so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Rejaga muvofiq:

123,6 million so‘m evaziga ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan, I-guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan 2 ta oilaning xonadoniga quyosh panellari o‘rnatiladi;
500 million so‘m hisobidan Guliston MFY hududidagi avtomobil va temir yo‘l yoqalarida obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi;
100 million so‘m mablag‘ evaziga Qoraxon mahallasi hududidan o‘tuvchi M41 “Bishkek – Dushanbe – Termiz” xalqaro avtomobil yo‘li bo‘yida zamonaviy hojatxona va dam olish maskani barpo etiladi;
250 million so‘m hisobidan Soliobod MFY hududidagi xizmat uylariga olib boruvchi yo‘l atrofidagi devorlarni ta’mirlash va zamonaviy qiyofaga keltirish ishlari bajariladi.
Qayd etilganidek, mazkur loyihalar aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, hududlarni obodonlashtirish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish hamda mahallalarning estetik qiyofasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Tadbirlarning buyurtmachisi va ijrosini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar etib Termiz tumani hokimligi, Termiz tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi hamda Termiz tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi belgilangan. Moliyalashtirish “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.