Новости

Последние новости

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
"Yetimqum" mahallasidagi 29-umumta’lim maktabida yaratilayotgan sharoitlar va ta’lim sifati o‘rganildi

#sessiya_kun_tartibidagi_masala
#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#nazorat_tahlil
#deputat_faoliyati

"Yetimqum" mahallasidagi 29-umumta’lim maktabida yaratilayotgan sharoitlar va ta’lim sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashiga 10-Yetimqum saylov okrugidan saylangan deputat B.Ochildiyev deputatning saylov okrugi hududidagi "Yetimqum" mahallasida joylashgan 29-son umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda o‘quvchilar va pedagoglar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida maktab hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, sinf xonalari, sport maydonchalari, ichki va tashqi infratuzilmaning holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilayotgan qulay muhit yuzasidan maktab ma’muriyati bilan suhbat o‘tkazildi.

Shuningdek, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri S.Abdurasulovning maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish, bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga eng kam kirgan umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi va o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati hamda o‘quvchilarning darslarga qatnashish darajasini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan ham joyida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 7