Новости

Последние новости

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🏛 Navbatdagi sessiya oldidan mahallada o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov tomonidan Oyinli mahallasida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔹 Uchrashuv davomida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, o‘zini o‘zi band qilish va daromadli mehnatga yo‘naltirish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy yordam va ko‘mak mexanizmlarining amaldagi holati atroflicha muhokama qilindi.

📋 Shuningdek, mahallada "mahallabay" ishlash tizimi doirasida olib borilayotgan ishlar, "mahalla yettiligi" hamkorligida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ehtiyojmand fuqarolar bilan ishlash, bandlik dasturlari ijrosi hamda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va samarali hal etish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

✅ Uchrashuv yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ularning ijrosini ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. O‘rganish natijalari Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama etiladigan masalalar yuzasidan muhim asos bo‘lib xizmat qiladi

Slide 1 of 4