35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
Ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova hamda kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlarida tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Tashrif davomida markazda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifadagi fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar bilan yaqindan tanishildi.

Deputat markazga murojaat qilib kelgan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va e’tirozlarini tingladi. Suhbatlar davomida fuqarolarga tayinlangan ijtimoiy xizmatlar, moddiy va ma’naviy ko‘maklar, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash, ijtimoiy xizmatlarni uy sharoitida tashkil etish hamda boshqa ko‘mak turlarining o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilayotganligi yuzasidan fikrlar o‘rganildi.

Shuningdek, markaz rahbari A.Inagamov bilan muloqot olib borilib, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilliligi, ehtiyojmand oilalarni aniqlash mexanizmi, murojaatlarni elektron tizim orqali yuritish, ijtimoiy xodimlarning faoliyati hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, xizmatlar samaradorligini yanada oshirish masalalari muhokama etildi.

Slide 1 of 3