Новости

Последние новости

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi

Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi

Belgilangan reja-grafikka muvofiq Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshchuk Natalya Valeryevna hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova ishtirokida 6-Yangiariq saylov okrugi saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, hududni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholini qiynayotgan boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Saylovchilar tomonidan bildirilgan har bir murojaat yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha amaliy choralar belgilandi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijrosini ta’minlash maqsadida nazoratga olindi.

Uchrashuv yakunida aholi bilan doimiy va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3