Новости

Последние новости

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
O‘tgan hafta sarhisobi, galdagi vazifalar belgilandi

Yig‘ilishda avvalo deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan o‘tgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Jumladan, deputatlarning saylov okruglarida olib borgan mahallabay o‘rganishlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, deputatlik so‘rovlarining ijrosi hamda "24 ta eng muhim yo‘nalish" mezonlari asosida mahallalardagi "yettilik" faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, Kengash faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan kundalik vazifalar ijrosi yuzasidan ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan:

🔹 sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalarni deputatlar tomonidan joylarda o‘rganish va aniqlangan muammolarni Kengash kotibiyatiga kiritish;
🔹 saylov okruglarida ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar hamda ularning amaliy natijalarini hujjatlashtirish;
🔹 doimiy komissiyalarning qonunchilikda belgilangan vakolatlari doirasida joylarda nazorat tadbirlarini kuchaytirish;
🔹 amaldagi qonunlar yuzasidan ishlab chiqilgan savolnomalar asosida o‘rganishlar o‘tkazish;
🔹 deputatlar va ularga biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash;
🔹 namunaviy doimiy komissiya qarorlari ijrosini ta’minlash;
🔹 Kengash kotibiyati xodimlari tomonidan saylov okruglarida tizimli monitoringlarni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish hamda nazorat faoliyatini kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida joriy hafta davomida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olinib, deputatlik nazoratini kuchaytirish, hududlardagi muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi faoliyatida ochiqlik, tizimlilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 5