Новости

Последние новости

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI TASHABBUSLARI VA VOLONTYORLIK HARAKATI QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA

🏅Xorazm viloyatida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda volontyorlik harakatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Yoshlar maslahat guruhi va volontyor yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

✅ Tadbirda Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi kotibiyati mudiri U.Kuryazov ishtirok etib, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar siyosati darajasiga ko‘tarilgan islohotlar, qonun ijodkorligi va mahalliy Kengashlar faoliyatida yoshlarning o‘rni xususida to‘xtalib o‘tdi.

🎁 Shuningdek, hududiy muammolarni aniqlash va ularni hal etishda Yoshlar maslahat guruhining o‘rni beqiyos ekanligi alohida ta’kidlandi.

uymu-uy, mahallabay ishlash tizimida volontyorlarning faolligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashdagi hissasi e’tirof etildi.

📺 Oliy Majlis Senati Raisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot

Uchrashuvning eng hayajonli va ahamiyatli qismi — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyevaning volontyor yoshlar uchrashuviga "Zoom" platformasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishi bo‘ldi.

✅ Bu kabi yuqori darajadagi e’tibor va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot uchrashuv qatnashchilariga yanada katta kuch vа motivatsiya bag‘ishladi.

📝 Muloqot yakunida: Yoshlar maslahat guruhi va volontyorlarning kelgusidagi rejalari, Kengash bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ijtimoiy loyihalar hamda deputatlik nazorati jarayonlariga faol yoshlarni jalb qilish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Slide 1 of 3