35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
Samarqand viloyati Nurobod tumani Davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan "GOLD Marjonabegim" mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi

 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyalari, doimiy komissiyalarga biriktirilgan vakillar, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari L.Muqimov va G.Mahammadieva, shuningdek, tuman Kengashi deputati G.Xusanovalar ishtirokida Samarqand viloyati Nurobod tumani Davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan "GOLD Marjonabegim" mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

✏️O‘rganish davomida "GOLD Marjonabegim" mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan aholi va tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, xususan, maishiy chiqindilarni yig‘ish, olib chiqish, hududlar sanitariya holatini saqlash, maxsus texnikalar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda xizmat ko‘rsatish sifati yuzasidan atroflicha tahlillar olib borildi.

✍️Shuningdek, "GOLD Marjonabegim" mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyati davomida uchrayotgan mavjud muammolar, jumladan, ayrim hududlarda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, texnika va moddiy-texnik bazani mustahkamlash, aholining chiqindi to‘lovlari bo‘yicha intizomini oshirish hamda sanitariya madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

➡️O‘rganish jarayonida "GOLD Marjonabegim" mas’uliyati cheklangan jamiyat xodimlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam, murojaatlarni ko‘rib chiqish holati va xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

📊 Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘RQ-362-II-son Qonuni ijrosi yuzasidan ham savolnomalar asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

📍Mazkur o‘rganish davomida chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish, chiqindilarni yig‘ish, tashish, saqlash va utilizatsiya qilishning amaldagi holati, shuningdek, aholi va mas’ul tashkilotlarning mazkur qonun talablariga rioya etish darajasi tahlil qilindi. Qonun talablarining to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash, ekologik barqarorlikni mustahkamlash hamda hududlarning sanitariya holatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.

✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, aholi uchun ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ul tashkilotlar oldiga tegishli vazifalar belgilab olindi. Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan kommunal xizmatlar faoliyati va amaldagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5