Новости

Последние новости

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
NAVRO‘Z MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Mahammadieva tomonidan tumandagi Navro‘z mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

✅O‘rganish jarayonida mahalla xotin-qizlar faoli S.Ismatova tomonidan joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va oilalarni mustahkamlash borasida olib borilayotgan faoliyat atroflicha tahlil qilindi.

📍Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Navro‘z mahallasida “Ayollar daftari”ga ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan jami
82 nafar xotin-qiz kiritilgan bo‘lib, ularning muammolarini hal etish, turmush sharoitlarini yaxshilash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔘Shuningdek, mahallada jami 133 nafar ishsiz xotin-qizlar mavjud bo‘lib, ularning bandligini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan 12 nafar xotin-qizga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun amaliy yordam ko‘rsatilib, imtiyozli kreditlar olishida ko‘maklashilgan hamda ularning bandligi ta’minlangan.
Bundan tashqari, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 15 ta oilaga moddiy yordamlar ko‘rsatilib, ularning ijtimoiy muammolarini bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilgan.

💬O‘rganish davomida oilalarni mustahkamlash va ajrimlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga ham alohida e’tibor qaratildi. Hozirgi kunda mahallada 5 ta ajrim yoqasidagi oilalar bilan muntazam profilaktik va tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, ilgari ajrim yoqasiga kelib qolgan 8 ta oilada yarashtirish ishlari samarali tashkil etilib, bugungi kunda ushbu oilalar tinch va ahil hayot kechirayotgan namunali oilalardan biriga aylangan.

Slide 1 of 4