Новости

Последние новости

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Marg‘ilon shahrida aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 18-fevraldagi VII-20-13-11-168-K/26-son qaroriga muvofiq, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan shaharning turli hududlaridagi dolzarb infratuzilmaviy masalalarni hal etish uchun jami 683,5 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Mazkur mablag‘lar ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash, yo‘llarni asfaltlashtirish, elektr ta’minotini yaxshilash, videokuzatuv tizimlarini o‘rnatish hamda ichimlik suvi tarmoqlarini tortish kabi muhim yo‘nalishlarga yo‘naltirilgan.

Shu munosabat bilan qaror ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlarning holati Kotibiyat mudiri A.Ermatov, shahar Kengashi deputati A.Mahkamov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda mahalla faollari ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida qarorning 4.5-bandida belgilangan Yangi bog‘ mahalla fuqarolar yig‘ini Turkiston ko‘chasiga 300 metr masofaga ichimlik suvi tarmog‘ini tortish loyihasi ko‘zdan kechirildi. Ushbu maqsad uchun jamg‘arma hisobidan 150 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Mas’ullar tomonidan ma’lum qilinishicha, loyiha bo‘yicha qurilish-montaj ishlari boshlangan bo‘lib, jarayon belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda. Mahalla aholisi tomonidan uzoq yillardan buyon ko‘tarib kelinayotgan ichimlik suvi bilan bog‘liq muammoni hal etish ushbu hududda yashovchi fuqarolar uchun qulaylik yaratishi kutilmoqda.

O‘rganish davomida ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Slide 1 of 7