Новости

Последние новости

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
#24_ta_masala 📌 Xonaqa mahallasidagi ichki ko‘chalar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov o‘z saylov okrugidagi Xonaqa mahallasida mavjud ichki ko‘chalarning holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganishda Ishtixon tumani Obodonlashtirish boshqarmasining ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘limi boshlig‘i Q.Elmurodov ham ishtirok etdi.

Hududdagi eng serqatnov ko‘chalardan biri hisoblangan mazkur yo‘lning bugungi holati, fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklar hamda transport harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash dasturlariga mazkur ko‘chani kiritish hamda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.

O‘rganish yakunida aholi murojaatlari va hudud ehtiyojlaridan kelib chiqib, ichki yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Hududlarda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar muntazam nazorat qilib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4