Новости

Последние новости

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Shayxontohur tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Shayxontohur tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisining 2026-yil 13-maydagi 29-14-0-F/26-son farmoyishi ijrosi doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muzaffar Yusupov tomonidan Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganildi hamda mas’ullarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.

📝 Unda tuman Kengashining deputatlar korpusi faoliyati, deputatlarning yig‘ma jildlari, kotibiyat xodimlarining xizmat vazifalari taqsimoti, ish yuritish tizimi, ichki mehnat tartibi va ijro intizomi holati tahlil qilindi. Shuningdek, deputatlik so‘rovlari ijrosi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyati, sessiyalar va doimiy komissiyalar ishini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 21-oktabrdagi KQ-836-IV va KQ-837-IV-son qarorlari ijrosi, ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma va nomenklatura hujjatlarining yuritilishi, Kengash hamda doimiy komissiyalarning tasdiqlangan ish rejalari ijrosi, deputatlar tomonidan saylovchilarga axborot berish amaliyoti hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📉 O‘rganish davomida “kengash.gov.uz” elektron platformasi orqali deputatlik so‘rovlari, Kengash so‘rovlari va boshqa xizmat yozishmalarini yuritish amaliyoti, shuningdek, Kengash faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda yoritish ishlari ham tahlil qilinib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🤝 Tashrif doirasida Shayxontohur tumani Kengashi kotibiyati mudiri Nematilla Karimov bilan birgalikda tuman hududida mahalliy Kengashlar faoliyatining samaradorligini oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari yuzasidan muloqot o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori mazmun-mohiyati tushuntirilib, “Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” hamkorlik tizimini amaliyotga samarali joriy etish masalalari muhokama qilindi.

💬 Yakunda tuman Kengashi va kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlarning eng muhim 24 ta yo‘nalish bo‘yicha faoliyatini samarali tashkil etish, Senat qarorlari ijrosini ta’minlash, aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish hamda hududlarda mavjud muammolarni manzilli hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3