Новости

Последние новости

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Do‘stlik MFYdagi tranzit ariq ustiga qurilgan ko‘prik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova shahar obodonlashtirish boshqarmasi yo‘llardan foydalanish bo‘limi boshlig‘i D.Qodirov hamrohligida Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan tranzit ariq ustiga qurilgan ko‘prikning texnik holatini o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida mazkur ko‘prikning foydalanish davomida nosoz holatga kelib qolgani, bu esa hudud aholisining harakatlanishi va xavfsizligiga ma’lum darajada noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etildi. Mutasaddilar tomonidan inshootning bugungi holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan zarur takliflar muhokama qilindi.

Shuningdek, ko‘prikni ta’mirlash va uning xavfsiz ekspluatatsiyasini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish hamda aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish ishlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4