Новости

Последние новости

янв.21
ЮНИСЕФ пенен бирге ислесиў өз нәтийжесин бермекте
янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
🏛 DEPUTATLAR NAZORATIDA: SHOXOBOD O‘YINGOHIDA YOSHLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari Dushamov Elyor Shuxrat o‘g‘li, Ishchanov Alibek Raximberganovich hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich tomonidan Shovot tumanidagi 1-son sport maktabiga qarashli Shoxobot o‘yingohida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

⚽️ YANGI SPORT MAJMUASI — YOSHLAR KELAJAGIGA QARATILGAN MUHIM QADAM

Mazkur loyiha davlatimiz tomonidan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda sport infratuzilmasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan siyosatning amaliy ifodasidir.

📊 LOYIHA HAQIDA

🏗 Buyurtmachi:
“Yagona buyurtmachi xizmati” IK DUK

🔨 Bosh pudratchi:
“Irrigasiya Temir Beton” MChJ

💰 Shartnoma qiymati:
14 milliard 600 million so‘m

📅 Qurilish boshlangan yil:
2025 yil

📅 Qurilishni yakunlash muddati:
2026 yil

✅ Qurilish ishlari:
100 foiz bajarilgan

👥 Qamrov:
15 mingdan ortiq yoshlar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyati yaratildi

🏟 SPORT MAJMUASIDA YARATILGAN SHAROITLAR

⚽️ 70×110 metr o‘lchamdagi futbol maydoni

🏃 5 ta yugurish yo‘lagi

🏐 Voleybol maydoni

🏀 Basketbol maydoni

🏛 3 qavatli zamonaviy asosiy bino

🏅 Uzunlikka sakrash sektori

👥 550 o‘rinli tomoshabinlar tribunasi

🔹 Tribunalar ostida yordamchi xonalar

🏢 BINODA MAVJUD IMKONIYATLAR

1️⃣-qavat:
• Kiyinish xonalari
• Yuvinish xonalari
• Hojatxonalar
• Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus sanitariya xonalari

2️⃣-qavat:
• Majlislar zali
• Ma’naviyat xonasi
• 3 ta yordamchi xona

3️⃣-qavat:
• Stol tennis xonasi
• Shaxmat-shashka xonasi
• Arxiv xonalari

🥋 Tribunalar osti qismi:
• Taekvondo WT zali
• Kurash zali
• Trenerlar xonasi
• Shifokorlar xonasi
• Kiyinish xonalari

✅ O‘rganish davomida deputatlar tomonidan sport obyektidan samarali foydalanish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda majmuaning kelgusidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Yoshlar uchun yaratilayotgan bunday zamonaviy sport infratuzilmalari mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan islohotlarning amaliy natijasidir.

Slide 1 of 5