Новости

Последние новости

янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ JOQARǴÍ KEŃESI DEPUTATÍNÍŃ UShÍRASÍWLARÍ DAWAM ETPEKTE.
янв.21
MÚRAJATLAR ÚYRENILMEKTE
янв.21
JASLARDIŃ SPORT PENEN SHUǴILLANIWI USHIN JARATILǴAN SHÁRT-SHARAYATLAR ÚYRENILDI.
янв.21
KEŃES BASLÍǴÍ RAYONÍNDA MÁLIMLEME-KITAPXANA ORAYÍNÍN JUMÍSLARÍ MENEN TANÍSTÍ
янв.21
KEŃES BASLÍǴÍ JASLAR MÁSLÁHÁT TOPARÍ AǴZALARÍ MENEN UShÍRASÍTÍ
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASI JOQARǴI KEŃES DEPUTATLARINIŃ USHÍRASÍWLARI DAWAM ETPEKTE.
янв.21
JASLARDIŃ SPORT PENEN SHUǴILLANIWI USHIN JARATILǴAN SHÁRT-SHARAYATLAR ÚYRENILDI.
янв.21
Xalıq dártine tilekleslik - deputatlıq parızdıń joqarı úlgisi
#_jarayon

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari

Oʻzbekiston – 2030 strategiyasining keng jamoatchilik bilan muhokamasi tashkil etilmoqda. Qorako'l tumanidagi tadbirda deputatlar, mutaxassislardan tashkil topgan nihollar strategiya mazmunini aholiga yetkazish hamda taklif va fikrlarni topshirish maqsadida soʻzlashdi. Tadbirda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, ta'lim, sog'liq, tadbirkorlikni rivojlantirish muhim vazifalar deb atalgan. Ishtirokchilar strategiya amalga oshirishdagi aholi ishtirokining ahamiyatini ham qayd etdilar. Takliflar umumlashtirilib, yuqori tashkilotlarga topshiriladi. Tadbir strategiyani takomillashtirish yo'nalishida muhim qadam sifatida aytildi.

Mamlakatimizda uzoq muddatli taraqqiyot yoʻnalishlarini belgilab beruvchi muhim dasturiy hujjat — “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish masalalari bugungi kunda keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilmoqda. Xususan, tasdiqlangan reja-grafik asosida xalq deputatlari tuman Kengashi ishtirokida joylarda mazkur strategiyaning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatiga bagʻishlangan muhokamalar tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri xalq deputatlari tuman Kengashi tashabbusi bilan tuman hokimligi katta majlislar zalida oʻtkazildi. Unda tuman Kengashi deputatlari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasi hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlarini aholiga yetkazish, uni yanada takomillashtirish boʻyicha joylardagi taklif va mulohazalarni umumlashtirishdan iborat boʻldi.

Tadbir davomida Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi M.Fatullayev va deputatlar soʻzga chiqib, murojaatnoma va strategiyada belgilangan vazifalar mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish, taʼlim, sogʻliqni saqlash, bandlik hamda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash borasida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar. Deputatlar strategiya ijrosida mahalliy Kengashlarning oʻrni va masʼuliyati tobora ortib borayotganini alohida qayd etdilar.

Mazkur tadbir “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, uni takomillashtirishda xalq vakillari va aholi fikrini inobatga olish yoʻlidagi muhim qadamlardan biri boʻldi. Bu kabi muhokamalar kelgusida ham izchil davom ettirilib, strategik maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 7