Новости

Последние новости

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#21_band
#162_qonun
#deputat_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bektepa" mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari o‘rganildi

🫥Bandixon tumanida mahallalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning ijro intizomini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

🫥Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 2-“Bektepa” saylov okrugidan saylangan deputat B.Yo'ldoshev "Bektepa" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, kriminogen holat va profilaktika inspektori faoliyatini o‘rgandi.

🫥Tadbir deputatlik faoliyatining "24 ta eng muhim yo‘nalishi", O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-sonli qarori talablari doirasida o‘tkazildi.

🫥Monitoring jarayonida profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan manzilli ishlash, nizoli oilalardagi ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar tahlil qilindi.

🫥O‘rganish yakunida huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt bartaraf etish hamda mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar topshirildi.

Slide 1 of 1