Новости

Последние новости

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI

DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI

🎓 Yo‘l harakati xavfsizligi — deputatlar nazoratida!
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, deputat M. Pardayev o‘ziga biriktirilgan tashkilot — Pastdarg‘om tumani Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) xodimlari bilan hamkorlikda 82-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv va suhbat o‘tkazdi.

🛑 Suhbat davomida o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, piyodalar o‘tish joylaridan to‘g‘ri foydalanish, yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

👮‍♂️ Shuningdek, bolalarning yo‘llarda xavfsiz harakatlanishi, svetofor ishoralariga amal qilishi va transport vositalari harakatlanadigan hududlarda hushyor bo‘lishi yuzasidan zarur tavsiyalar bildirildi.

👍 Mazkur tadbir deputat va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratildi.

🌐Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida! 

Slide 1 of 2