Новости

Последние новости

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
#doimiy_komissiya

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni dastlabki muhokama qilish maqsadida doimiy komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida tuman hokimi o‘rinbosari M.Rasulovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-438-son qarorining Oltinsoy tumanida ijro etilishi yuzasidan hisoboti tinglandi.

Hisobot muhokamasi davomida qarorda belgilangan vazifalarning tumanda amalga oshirilishi, hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash hamda belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputatlar tomonidan hisobot yuzasidan tegishli savollar berilib, mavjud masalalar bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilib, uni Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish uchun kiritish tavsiya etildi.

Yig‘ilishda qaror ijrosini ta’minlash, belgilangan vazifalar bajarilishi ustidan deputatlik nazoratini olib borish hamda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4