Новости

Последние новости

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
Yo‘l haqi bilan bog‘liq aholi murojaatlari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov hamda kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan Toshkent viloyati Transport inspeksiyasi xodimlari hamkorligida shaxsiy avtotransport vositalarida yo‘lovchi tashish xizmati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar tomonidan yo‘l haqining asossiz ravishda oshirilishi yuzasidan aholidan kelib tushgan shikoyatlar o‘rganildi.

🔵O‘rganish jarayonida tumanning “Aydarali”, “Qo‘shqo‘rg‘on”, “Qoramanas” mahallalaridan tuman markaziga yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatuvchi haydovchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, yo‘lovchilar manfaatlarini inobatga olish, xizmat ko‘rsatishda amaldagi talablarga rioya etish hamda yo‘l haqini asossiz oshirish bilan bog‘liq holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🔵Shu bilan birga, aholi uchun qulay va maqbul xizmatni ko‘rsatish va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida haydovchilarga yo‘lovchi tashish xizmatiga ruхsat beruvchi litsenziyalarga ega bo‘lishlari kerakligi, yo‘l harakati qoidalariga rioya etgan holda faoliyat olib borishlari zarurligi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4