Новости

Последние новости

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MUAMMONI ANIQLASHDAN AMALIY YECHIMGACHA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Yangiobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholining bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarga ko‘maklashish hamda ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash jarayonlariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish, mehnatga layoqatli aholini daromadli mehnatga jalb etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan kambag‘allikni qisqartirishda har bir oilaga individual yondashish, muammoning sababini aniqlash va fuqaroni barqaror daromad manbaiga olib chiqishga qaratilgan amaliy choralarni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarning natijadorligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 2