Новости

Последние новости

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
Aholiga bepul dori-darmon tarqatish holati bo‘yicha hisobot eshitildi

#deputat_faoliyati
#haftalik_ish_reja_ijrosi

Aholiga bepul dori-darmon tarqatish holati bo‘yicha hisobot eshitildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida aholiga bepul dori-darmon tarqatish holati bo‘yicha hisobot eshitildi.

Hisobotda aholiga bepul dori-darmonlarni tarqatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 226-son qarori asosida belgilangan tartibda amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, umumiy kasalliklarning 3–4 tur guruhiga mansub bemorlarga 22 turdagi dori vositalari bepul tarqatib kelinmoqda. Jumladan, tumanda 254 nafar qandli diabet hamda 923 nafar endokrinologik kasalliklarga chalingan bemorlar oyma-oy bepul dori-darmon bilan ta’minlanmoqda.

Hisobot davomida dori vositalarining hisobdagi va amaldagi qoldiqlari ham ko‘rib chiqildi. Xususan, Karbamazepin 50 mg hisobda 217 pachka, amalda 217 pachka hamda Trifluoperazin 50 mg hisobda 200 pachka, amalda 200 pachka mavjudligi qayd etildi.

Shuningdek, aholiga bepul dori-darmon tarqatilishi yuzasidan ariza va murojaatlar kelib tushmaganligi ma’lum qilindi.
Mavjud muammolardan biri sifatida dori vositalarini saqlash uchun alohida xona yetishmasligi qayd etilib, hozirda dorilar moslashtirilgan xonalarda saqlanayotgani bildirildi.

Hisobot yakunida deputatlar tomonidan tegishli savollar berilib, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4