Новости

Последние новости

Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi

Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi

Tuman Kengashi deputati S.Mo‘ysunaliyeva «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonuni (O‘RQ–445, 2017-yil 11-sentabr) hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori ijrosi yuzasidan tuman 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida A. Navoiy mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan muammolar va murojaatlar tinglandi.

Xususan, ichki yo‘llarning holatini yaxshilash, ko‘cha yoritish chiroqlarini o‘rnatish, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish, elektr ustunlariga sim tortish kabi masalalar ko‘tarildi.

Bildirilgan murojaatlar yuzasidan deputat mas’ullarga topshiriqlar berilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda joyiga chiqib o‘rganish belgilandi.

Slide 1 of 5